» » O‘zbekistonda kelasi hafta boshida yomg‘irli havo kutilmoqda

O‘zbekistonda kelasi hafta boshida yomg‘irli havo kutilmoqda


O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi 17—20-mart kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 17-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18—20-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18—19-martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8o iliq, kunduzi 17-martda 20-25o iliq bo‘ladi, 18—20-martda 10-15o iliqgacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 17—18-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 19—20-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18—19-martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17—19-martda 9-14o iliq, 20-martda 5-10o iliq, kunduzi 17—18-martda 22-27o iliq, 19—20-martda 13-18o iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 17—18-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 19—20-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18—19-martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17—19-martda 9-14o iliq, 20-martda 5-10o iliq, kunduzi 17—18-martda 22-27o iliq, 19—20-martda 13-18o iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida  havo o‘zgarib turadi, 17—18-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 19—20-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18—19-martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17—19-martda 9-14o iliq, 20-martda 5-10o iliq, kunduzi 17—18-martda 24-29o iliq, 19—20-martda 15-20o iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 17—19-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-martda kechasi 6-11o iliq, kunduzi 18-23o iliq; 18-martda kechasi 6-11o iliq, kunduzi 20-25o iliq; 19-martda kechasi 9-14o iliq, kunduzi 17-22o iliq; 20-martda kechasi 5-10oiliq, kunduzi 13-18o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 17—18-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 19—20-mart-da ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18—19-martda ba’zi joy-larda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17—19-martda kechasi 0-5o iliq, kunduzi 10-15o iliq, 20-martda kechasi 2o sovuq-3o iliq, kunduzi 3-8o iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 37) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют