» » Boeing “bo‘sh kelmayapti”: kompaniya tarixdagi eng uzun laynerni taqdim etdi

Boeing “bo‘sh kelmayapti”: kompaniya tarixdagi eng uzun laynerni taqdim etdi


Amerikaning Boeing kompaniyasi Boeing 777x samolyotining yangi modelini — eng yangi keng fyuzelyajli laynerni taqdim etdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Ushbu model hozirgi rekordsmen — ikki palubali Boeing 747-8 modelidan ham uzun bo‘ldi. Laynerning uzunligi 77 metrni, qanotlari qulochi esa 72 metrni tashkil etadi. Shunday qilib, u o‘zidan avvalgi modellardan deyarli 77 metr uzunroqligi evaziga “dunyodagi eng uzun yo‘lovchi samolyoti” bo‘lib qoldi.

Shu bahorda 777x’ning birinchi sinov parvozi amalga oshiriladi. Boeing allaqachon ushbu model uchun buyurtma olgan.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, yangi layner taqdimoti Everett shahrida (Vashington shtati) keng fyuzelyajli layner ishlab chiqarish zavodi binosida yopiq holda o‘tkazilgan.

Efiopiyada sodir bo‘lib, 157 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan aviahalokat tufayli ilk Boeing 777x’ni faqat kompaniya xodimlari ko‘rdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют