» » A Seriya. 5 ta gol urilgan Milan derbisida “Inter” g‘alaba qozondi (video)

A Seriya. 5 ta gol urilgan Milan derbisida “Inter” g‘alaba qozondi (video)


17-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 28-turi doirasida 5 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan Karlo Anchelotti boshqaruvidagi “Napoli” klubi o‘z maydonida “Udineze” bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida neapolliklar yarim himoyachisi Amin Yunus raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 26-daqiqaga kelib Xose Kalyexon hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Oradan 4 daqiqa o‘tib Kevin Lazanya oradagi farqni qisqartirdi (2:1). 36-daqiqada esa Seko Fofana hisobni tenglashtirdi (2:2).

2-bo‘limning 57-daqiqasida Arkadiush Milik Xose Kalyexon uzatgan to‘pni “Udineze” darvozasiga joylab qo‘ydi. 69-daqiqaga kelib esa Dris Mertens jamoasining 4-goliga mualliflik qildi (4:2).

Shu tariqa Karlo Anchelotti shogirdlari o‘z uyida “Udineze” ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi (4:2).

Turning markaziy o‘yinida Milanning ikki klubi “Milan” hamda “Inter” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Matias Vesino hisobni ochgan bo‘lsa, 51-daqiqaga kelib Stefan de Vrey hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. 57-daqiqada “rossonerilar” a’zosi Temue Bakayoko hisobni qisqartirdi (1:2). 67-daqiqada esa hakam tomonidan “Milan”darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi va undan Lautaro Martines unumli foydalandi (1:3). Oradan 4 daqiqa o‘tib Mateo Musakkio jamoasining 2-goliga mualliflik qildi (2:3). Mazkur hisob o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmay qoldi.

Shu tariqa Milan derbisida Luchano Spaletti shogirdlarining qo‘li baland keldi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

A Seriya

28-tur bahslari

17-mart, yakshanba

Gollar: 0:1 — 32 Mejiorini, 1:1 — 55 Ilichich

Gollar: 1:0 — 20 Kaputo, 2:0 — 38 Payak, 2:1 — 70 Valzaniya

Gollar: 1:0 — 22 Marusik, 2:0 — 26 Alberto, 3:0 — 38 Alberto, 4:0 — 44 Lulich, 4:1 — 77 Sprokati

Gollar: 1:0 — 17 Yunus, 2:0 — 26 Kalyexon, 2:1 — 30 Lazanya, 2:2 — 36 Fofana, 3:2 — 57 Milik, 4:2 — 69 Mertens

Gollar: 0:1 — 3 Vesino, 0:2 — 51 de Very, 1:2 — 57 Bakayoko, 1:3 — 67, penalti, Martines, 2:3 — 71 Musakkio.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2019, 02:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют