» » Mo‘ynoqqa toza ichimlik suvi yetkazib berish ishlari to‘rt joyda olib borilmoqda

Mo‘ynoqqa toza ichimlik suvi yetkazib berish ishlari to‘rt joyda olib borilmoqda

Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasida videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvida Mo‘ynoq studiyasidan “Tallio‘zak” mahallasida istiqomat qiluvchi Biybixan Utambetova tomonidan tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi ko‘tarilgandi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20—21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida Qo‘ng‘irot — Mo‘ynoq ichimlik suvi tarmog‘i qurilishining boshlanishi bilan tanishdi. 101 kilometrlik suv tarmog‘i ishga tushirilgandan so‘ng bir sutkada 7 ming kub metr suv yetkazib berish va 25 mingdan ortiq aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash imkoni yaratiladi.

— Ayni paytda Qo‘ng‘irot — Mo‘ynoq yo‘lidan yurgan insonning dili yayraydi, — deydi Biybixan Utambetova. — Chunki Mo‘ynoq tumaniga toza ichimlik suvi yetkazib berish ishlari to‘rt joyda olib borilmoqda. Jumladan, Qo‘ng‘irot tumanining “Olmazor” MFY hududida nasos stansiyasini to‘siqlar bilan himoyalash ishlari yakunlanib, Mo‘ynoq tumani tomon quvur tortish boshlandi. Shuningdek, bu ishlar Qo‘ng‘irot tumani “Qangli” OFY hududida ham davom etayotgan bo‘lsa, Mo‘ynoq tumani markazidan Qo‘ng‘irotga qarab va Mo‘ynoq tumanining “Do‘stlik” OFY hududida ham davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qaroriga binoan Mo‘ynoq tumani aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash choralari belgilandi va qiymati 26,4 milliard so‘m bo‘lgan loyiha ishga tushirildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-03-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют