» » Toshkent shahrida “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida qidiruvda bo‘lgan 150 nafar shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahrida “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida qidiruvda bo‘lgan 150 nafar shaxs qo‘lga olindi


Toshkent shahrida 20-fevraldan boshlangan “Tozalash-Antiterror” tezkor-qidiruv tadbiri davomida sodir etgan jinoyatlari uchun qidiruvda bo‘lgan 150 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i mayor Rashid Umirov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Fuqarolar xavfsizligi va huquq-tartibotga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan profilaktika tadbirlari shaharning 207 mahallasida o‘tkazildi.

Ko‘p qavatli uylarning 293,56 ming kvartirasi, 87 ming shaxsiy uy, 34 ming korxona va tashkilot, shuningdek, mehmonxona va yotoqxonalar ko‘zdan kechirildi. Natijada pasport-viza tartibini buzgan 10,15 ming kishi aniqlandi.

O‘rnatilgan tartiblarga xilof ravishda ijarada turgan 8000 kishi va 419 nafar uy-joy egasi ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan 313 kishi reabilitatsiya markazlariga jo‘natildi. Ota-ona qarovisiz qolgan 398 nafar voyaga yetmagan ijtimoiy-huquqiy yordam markazlariga yuborildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-03-2017, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют