» » Yangi Zelandiyadagi masjidga hujum qilgan shaxs advokat xizmatidan voz kechgan

Yangi Zelandiyadagi masjidga hujum qilgan shaxs advokat xizmatidan voz kechgan


Yangi Zelandiyadagi masjidlarga hujum qilganlikda gumonlanib qo‘lga olingan avstraliyalik Brenton Tarrant advokat xizmatidan voz kechgan, deya xabar beradi The New Zealand Herald nashri.

Advokat 16-mart kuni birinchi sud ishida Tarrant manfaatlarini himoya qilganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sudlanuvchi afsus va tavba qilmagan.

“Menimcha, uning ruhiy muammolari yoki aqliy noqisligi yo‘q, shunchaki uning o‘z qarashlari bor”, — deydi himoyachi.

Tarrantning advokatdan voz kechishi uning sudda ushbu qarashlarini targ‘ib qilish istagi borligini ko‘rsatadi, deya tashvishlangan advokat.

“Bu biror-bir fikr bildiradigan joy emas. Bu aybdorlik darajasini aniqlaydigan joy. Bunday holatda, sud u bilan hisoblashmaydi”, — deydi advokat.

Avvalroq, Tarrant ushbu hujumni uyushtirishga unga Yevropadagi teraktlar, birinchi navbatda Shvetsiyaning Stokgolm shahrida 2017-yilning aprelida yuk mashinasida piyoda yo‘lovchilarga hujum qilib, besh kishini o‘ldirgan terroristik hujumlar ilhomlantirganini aytgan.

Mazkur hujum Yevropada o‘lgan yuz minglab odamlarning ishg‘ol etilishiga qasos ekanligini qo‘shimcha qilgan.

15-mart kuni jinoyatchi Kraystcherch shahridagi masjidga hujum qilgan va jamoani otib tashlagan. 50 kishi halok bo‘lgan, yana 40 kishi jarohatlangan.

Bir necha kishi hibsga olingan, ammo ayblov faqat voqealarni internet orqali efirga uzatgan va yuz bergan fojiadan bir kun oldin 37 sahifali “Buyuk o‘zgarish” nomli manifiset e’lon qilgan Tarrantga qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют