» » PFL “Navbahor” futbol klubiga 700 million so‘m mukofot pulini o‘tkazib berdi

PFL “Navbahor” futbol klubiga 700 million so‘m mukofot pulini o‘tkazib berdi


Professional futbol ligasi o‘tgan mavsum O‘zbekiston Superligasida 3-o‘rinni olgan “Navbahor” klubiga 700 so‘m mukofot pulini o‘tkazib berdi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

2018-yilgi mavsum avvalida Professional futbol ligasi sovrinli o‘rinlarni egallagan futbol klublariga ma’lum miqdorda mukofot pullari va’da qilgan edi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan mavsumda Superliga bronza medallariga ega chiqqan Namanganning “Navbahor” klubi mavjud qarzdorliklarini deyarli to‘liq bartaraf etgan. Klub faqatgina Davron Hoshimov oldidagi qarzdorlikni to‘liq hal etib ulgurmagan. Agar mazkur masala yaqin vaqt ichida yechim topmasa, “Navbahor”ga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi ehtimoli bor. Qolgan jihatlar bo‘yicha klubda qarzdorliklar mavjud emas.

Shu boisdan “Navbahor” klubi ham mukofot pullarini qabul qilib oldi. Klub hisobiga 3-o‘rin uchun belgilanganidek 700 million so‘m o‘tkazib berildi.

Eslatib o‘tamiz, Professional futbol ligasi O‘zbekiston Superligasida 2-o‘rinni olgan “Paxtakor”ga 1 mlrd so‘m, shuningdek, O‘zbekiston chempionatida 2-o‘rinni egallagan Qarshining “Sevinch” ayollar futbol klubiga 200 million so‘m mukofot puli berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют