» » Messi 8 mavsum davomida jarima zarbasidan “Real Madrid”dan ko‘ra ko‘proq gol urdi

Messi 8 mavsum davomida jarima zarbasidan “Real Madrid”dan ko‘ra ko‘proq gol urdi


17-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 28-turida “Barselona” hujumchisi Lionel Messi jarima zarbasidan “Betis” darvozasini ishg‘ol qildi (4:1).

Argentinalik futbolchi uchrashuvning 18-daqiqasida jarima zarbasidan Pau Lopes qo‘riqlayotgan darvozaga gol urdi. Bu Messining 8 mavsum davomidagi jarima zarbasidan kiritgan 25-goli bo‘ldi. Bu haqda MisterChip xabar berdi.

Ayni damda mazkur ko‘rsatkichda “Barselona”ning asosiy raqiblaridan biri “Real Madrid”ning hisobida 24 ta gol mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Messi joriy mavsum La Liganing 26 ta o‘yinida maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 14 ta golli pas berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют