» » Lionel Messi “Barselona”da navbatdagi rekordini o‘rnatdi

Lionel Messi “Barselona”da navbatdagi rekordini o‘rnatdi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi  futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 28-turida “Betis” darvozasiga 3 ta to‘p kiritdi (4:1).

Argentinalik kataloniyaliklar tarkibida barcha musobaqalarni hisobga olganda o‘zining 477-g‘alabasini nishonladi va klub tarixida Xavini quvib o‘tib, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ispaniyalik futbolchining hisobida esa 476 ta g‘alaba mavjud edi.

Messi mazkur ko‘rsatkichni “ko‘k-anor ranglilar” safida 674 ta o‘yinda qayd etgan bo‘lsa, Xavi esa 767 ta bahsda erishgan.

Bundan tashqari Messi La Ligada 333-g‘alabasiga erishdi va bu borada “Barselona” sobiq o‘yinchisi Andoni Subisarreta va “Real” sobiq futbolchisi Iker Kasilyasga yetib oldi. Ularning hisobida 334 ta g‘alaba mavjud.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют