» » Boeing 737 MAX uchuvchilari samolyotni boshqarishni iPad yordamida o‘rgangani ma’lum bo‘ldi

Boeing 737 MAX uchuvchilari samolyotni boshqarishni iPad yordamida o‘rgangani ma’lum bo‘ldi


Boeing 737 Max samolyotlarining ko‘plab uchuvchilariga laynerning xususiyatlari haqida yetarlicha ma’lumot berilmagan. Ularning ko‘pchiligi yangi modelni boshqarishni iPad planshetidagi dastur yordamida o‘rgangan, deb yozadi “RBK.ru”.

Qayd etilishicha, oddiy amaliyotda uchuvchilar parvozni imitatsiya qiluvchi va uchuvchilarga yangi funksiyalarni o‘rgatuvchi qimmatbaho simulyatorda soatlab mashq qilgan.

Southwest Airlines va American Airlines kompaniyalari uchuvchilar birlashmasi vakillari Boeing kompaniyasiga Max modelining simulyatorini yaratishni so‘rib bir necha marta murojaat qilgan. Biroq kompaniya va AQSh fuqaro aviatsiyasi Federal boshqarmasi bilan birgalikda uchuvchilarga qo‘shimcha tayyorgarlik shart emas, degan qarorga kelgan.

Ular uchuvchilarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va yangi dasturiy ta’minot qanday ishlashi haqida ma’lumot berishning o‘zi yetarli deb hisoblagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют