» » Lola Karimova-Tillayeva prodyuserlik qilgan Mirzo Ulugbek hayotiga bagishlangan filmda jahon kinosi yulduzlari suratga tushdi (foto)

Lola Karimova-Tillayeva prodyuserlik qilgan Mirzo Ulugbek hayotiga bagishlangan filmda jahon kinosi yulduzlari suratga tushdi (foto)


Tez oradaMirzo Ulugbek. Osmon toqiga qoyilgan narvon nomli hujjatli film tomoshabinlar etiboriga havola etiladi.Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva Facebookdagi sahifasi orqali malum qildi.

Mazkur film turmush ortogim hamda kaminaning kinoprodyuser sifatidagi ilk loyihamizdir.

Lola Karimova-Tillayeva

Buyuk mutafakkir va alloma Mirzo Ulugbekning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi ushbu film rejissoriBahodir Yoldoshev.

Lola Karimova-TillayevaMirzo Ulugbek nomi dunyo ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qoshgan Galileo Galiley, Kopernik, IogannKepler kabi buyuk allomalar bilan bir qatorda turishini qayd etdi.

Malum qilinishicha, filmda Fransiya, AQSh, Rossiya, Ozbekiston, Buyuk Britaniya, Daniya va Niderlandiyaning yetakchi olim va mutaxassislari Mirzo Ulugbek hayoti va faoliyati xususidagi mulohazalari bilan ortoqlashadi.

Chet ellik olimlarning aksari aynan Mirzo Ulugbek siymosi sabab mamlakatimizga mehr qoyganini etirof etgan.

Lola Karimova-Tillayeva

Kinokartinani yaratishda Bodlian kutubxonasi (Oksford universiteti), Britaniya muzeyi, Priston universiteti, Griffit rasadxonasi, Fransiyaning Observatoire de la Cote dAzur C?te rasadxonasi, Kaliforniya universiteti, Daniyaning The David Collection muzeyi, Oksfordning Ilm-fan tarixi muzeyi, Oksfordning St. Johns kolledji kabi oquv yurtlari, muzey va kutubxonalar bisotidan foydalanildi.

Bu ulug inson haqida film yaratish goyasi menda kop yillar avval paydo bolgan. Film ssenariysini hozirlash asnosida kop va xob izlanib, bobokalonimiz hayotini tavallud topgan kezlaridan boshlab qayta tiklashga harakat qildik.

Film janr nuqtai nazaridan hujjatli sanalsa-da, unda badiiy vositalardan ham foydalandik. Syomka jarayoniga ozbekistonlik va qozogistonlik kaskadyorlarni jalb qildik, osha davrga mos tarixiy liboslarni tanlash va tayyorlashga ham alohida etibor qaratdik.

Lola Karimova-Tillayeva

Kinokartinada Vinsent Kassel, Armand Assante, Fransisko Ovalle kabi jahon kinosi yulduzlari, Maruf Otajonov, Javohir Zokirov, Hoshim Arslonov singari milliy kino ustalari suratga tushdi.

Gollivudning Titanik, Olovuddin, Gerkules kabi filmlariga musiqa bastalagan mashhur bastakoriUolter Afanasyev kartina uchun maxsus musiqa yozgan bolsa, xonanda Sevara Nazarxon ijrosidagi saundtrek filmga ozgacha joziba baxsh etdi.

Lola Karimova-Tillayeva film premyerasi haqida keyinroq elon qilinishini malum qildi.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (12-03-2017, 19:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
:
-
:
20 ... -