» » O‘zbekistonda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish tartibi tasdiqlandi

O‘zbekistonda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish tartibi tasdiqlandi


Hukumat qarori (224-son, 16.03.2019-y.) bilan Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Nizomga muvofiq, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun litsenziyalar “E–AUKSION”dagi savdo yakunlari bo‘yicha 3 yil muddatga beriladi.

Davlat geologiya qo‘mitasi yer qa’ri uchastkalarining ro‘yxati tasdiqlanganidan so‘ng 5 kunda auksionni o‘tkazish uchun ma’lumotlarni tayyorlaydi.

Auksion o‘tkazish haqidagi xabar auksiondan 5 kun oldin e’lon qilinishi lozim.

Auksionda ishtirok etish uchun arizalar “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi”ning veb-saytida (e-auksion.uz) qabul qilinadi.

Arizachi hisob raqamga yer uchastkasining 5 foizi miqdorida zakalat pulini joylashtirishi lozim.

Yer uchastkasining dastlabki narxi 7,5 mln. so‘m etib belgilanadi va ushbu narx har 10 minutda oshiriladi.

Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan litsenziya berish bilan birga yer uchastkasidan foydalanish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Qazish ishlari boshlanishidan avval mahalliy hokimiyat organlari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi yozma xabardor qilinishi shart.

Mazkur konlarda qazib olingan metallar ixtisoslashtirilgan metallar qabuli kassalariga yoki litsenziyaga ega tadbirkorlarga sotiladi.

Shuningdek, Hukumat qarori (225-son, 16.03.2019-y.) bilan 2019-yilda foydalanishga beriladigan yer qa’ri uchastkalarining ro‘yxati ham tasdiqlandi.

Ro‘yxatga ko‘ra, 2019-yilda Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi 405 ta uchastkadagi jami 403,4 gektar maydon qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun foydalanishga beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют