» » Belgiyadagi hayvonot bog‘ida brakonyerlardan saqlash uchun karkidonlarning shoxlari kesib tashlanadi

Belgiyadagi hayvonot bog‘ida brakonyerlardan saqlash uchun karkidonlarning shoxlari kesib tashlanadi


Belgiyadagi shaxsiy hayvonot bog‘ida karkidonlarni brakonyerlardan saqlash uchun ularning shoxlarini kesib tashlashga qaror qilindi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Mart oyi boshida brakonyerlar Fransiyadagi hayvonot bog‘ida oq karkidonni o‘ldirdi. Jinoyatchilar orqa eshikdan kiradigan to‘siqni buzib, karkidonlar xonasiga kirdi. Bu vaqtda xona ichida uchta karkidon bo‘lgandi.

Brakonyerlar kimdir ularni cho‘chitgani uchun yoki vaqt yetmagani sababli xona ichidagi barcha jonzotlarni o‘ldirishga ulgurmadi. Bu Yevropada qayd etilgan birinchi holat sifatida qayd etilgandi. Endi Belgiyada shunga o‘xshash holatlarning oldini olish uchun choralar ko‘rilmoqda.

Karkidon shoxidan tayyorlangan kukun ba’zi mamlakatlarda shifobaxsh dori sanaladi. Mana shunday kukunning 1 kilogrami 75 ming dollargacha baholanishi mumkin.

Mavzuga doir: Zimbabveda brakonyerlikning oldini olish uchun 700 karkidonning shoxi kesib olinadi

Afrikada brakonyerlardan saqlash uchun karkidonlarning shoxlari kesib tashlanadi. Zoologlarning aytishicha, shoxning kesib tashlanishi jonzotga og‘riq keltirmaydi va ma’lum muddatdan keyin u yana o‘sib chiqadi.

Ba’zi mamlakatlarda brakonyerlarga qarshi qattiqqo‘l choralar ko‘riladi. Masalan, Hindistonda karkidon ovchilarining o‘zi otib tashlanadi.

Mavzuga doir: Ular uchta qoldi: shimol oq karkidonlari turining so‘nggi vakillari (foto)

Brakonyerlar tufayli karkidonlarning ba’zi turlari yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. Hozirgi kunda dunyoda uchtagina shimol oq karkidoni – ikkita urg‘ochi va bitta erkak qolgan. Agar ular nasl qoldira olmasa, ushbu turdagi karkidonlar butunlay yo‘qolib ketadi. Bugungi kunda ushbu karkidonlar sutka davomida qurollangan maxsus xizmat xodimlari tomonidan nazorat ostida bo‘lib turibdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-03-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют