» » Toshkentda ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilarni adabiyotlar bilan ta’minlashga qaratilgan “Ko‘ngil ko‘zi” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilarni adabiyotlar bilan ta’minlashga qaratilgan “Ko‘ngil ko‘zi” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi


Bugun, 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan “Ko‘ngil ko‘zi” loyihasi taqdimotiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar berdi.

Tadbirning maqsadi – ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilarni o‘quv, badiiy, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishda davlat organlari, jamoat birlashmalari hamda xalqaro tuzilmalarning sa’y-harakatlarini birlashtirish.

Davra suhbatida jami 100 ga yaqin kishi qatnashgan. Jumladan, diplomatik korpus, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari, vazirliklar, idoralar, ko‘rishda muammosi bo‘lgan insonlar bilan ishlashga ixtisoslashgan davlat va jamoatchilik tashkilotlari vakillari, ko‘zi ojizlar maxsus maktab-internati o‘quvchilari, jurnalistlar ishtirok etgan.

“Yurtimizda 12 ta maxsus-internatda 3 ming nafardan ortiq ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar tahsil oladi. Ular uchun Agentlik tizimidagi yagona nashriyotda zarur darslik va boshqa adabiyotlar nashr etib kelinmoqda”,  — deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi Komiljon Allamjonov.

2019-yil 2-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘ngil ko‘zi” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning tasdiqlangan.

Loyihaning asosiy vazifalari sirasiga:

– ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq muammolari bor insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni o‘quv, badiiy, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan ta’minlash;

– “Ko‘zi ojizlar bosmaxonasi” korxonasining moddiy-texnik holatini yaxshilash, xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, samarali faoliyat yuritishlari uchun ularga zarur shart-sharoitlarni yaratish kiradi.

Yaqin kelajakda Agentlik ushbu loyiha doirasida nafaqat barcha maxsus maktab-internatlarni zarur o‘quv kitoblari bilan ta’minlashni, balki o‘quv materiallarni tushunarli va oson ko‘rinishda yetkazib bera oladigan “O‘rgatuvchi adabiyot”, A. Navoiy, A. Qodiriy, Cho‘lpon, Jomiy kabi adiblarning mashhur asarlarini o‘zida jamlagan “O‘zbek adabiyoti durdonalari” turkum audiokitoblarini nashr etishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

Shuningdek, istiqbolda ko‘rish borasida turli imkoniyatlarga ega insonlar hayotidan qiziqarli lavhalarni o‘z ichiga olgan “O‘zgacha insonlar” to‘plamini chiqarish hamda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun muzeylarga ekskursiyalarni tashkil etish metodikasini hayotga tadbiq etish, ko‘rish qobiliyatida muammolari bor insonlar uchun sensorli (taktil) jo‘g‘rofiya xaritalarini chiqarish ko‘zda tutilgan.

Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan maxsus maktab-internat o‘quvchilariga sovg‘alar topshirilgan. Bolalarga audio-ertaklarni o‘zida jamlagan kolonkalar hamda Brayl shriftida chop etilgan o‘zbek ertaklari to‘plami taqdim etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют