» » Dunyodagi eng katta gumbaz: Ostonaning bosh masjidi qanday ko‘rinishda bo‘ladi? (foto)

Dunyodagi eng katta gumbaz: Ostonaning bosh masjidi qanday ko‘rinishda bo‘ladi? (foto)


Ostona shahridagi yangi “Bosh masjid” Qozog‘istondagi eng katta masjidga aylanadi. U hajmi va imorat maydoni jihatidan mamlakatda amaldagi eng katta masjid — Hazrat Sultondan uch barobar katta bo‘ladi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.

Yangi masjid nafaqat Qozog‘istonda, balki Markaziy Osiyoda ham eng katta masjid bo‘ladi.

Bosh masjidning umumiy maydoni 57 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Hazrat Sulton maydoni esa 17,7 ming kvadrat metr.

Bosh masjid Ostonaning 9,4 gektar maydonini egallaydi.

“Nursulton Nazarboyev masjidning tamal toshini qo‘yib, qurilish ishlariga start berdi. Masjid parametri va hajmi bilan boshqalardan ajralib turadi. U Markaziy Osiyo va MDHdagi eng yirik masjid bo‘ladi. Shuningdek, dunyodagi eng yuqori o‘ntalikdan ham joy oladi”, — deydi “Ostona 2020” jamg‘armasining ijrochi direktori Nurjan Minjasarov.

Uning qurilishi 24 oyga mo‘ljallangan.

Masjid hududida 4 minora qad ko‘taradi. Har birining balandligi 130 metr bo‘ladi. Bu Hazrat Sulton minoralaridan ikki barobar baland degani.

Asosiy gumbazning diametri 62 metrni tashkil qiladi. Xabarda aytilishicha, bunday gumbaz dunyoda boshqa uchramaydi.

Bosh masjid Hazrat Sultondan sig‘imi bo‘yicha ham ancha katta. Unga 30 ming kishi sig‘adi, Hazrat Sultonga esa 10 ming kishi.

Shuningdek, masjidda 3 mingdan ortiq mashina sig‘adigan ochiq va yopiq avtoturargoh qurish ham rejalashtirilmoqda.

Bosh masjidni qurishga yigirmadan ortiq homiy pul ajratgan.

Qurilishni Turkiyaning SEMBOL CONSTRUCTION kompaniyasi amalga oshiradi. U Ostonada Hazrat Sulton masjidi, Tinchlik va Osoyishtalik saroyi, Xan-Shatir savdo markazi va EKSPO-2017 binolarini ham qurgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют