» » Ekspertlar eng toza aviakompaniyalar reytingini tuzdi

Ekspertlar eng toza aviakompaniyalar reytingini tuzdi


Skytrax aviatsiya xizmatini baholash xalqaro tashkiloti mutaxassislari dunyoning 30 ta eng toza aviakompaniyalari reytingini tuzdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Ro‘yxatda birinchilikni Yaponiyaning All Nippon Airways kompaniyasi egalladi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Tayvanning EVA Air kompaniyasi ikkinchi, Koreyaning Asiana Airlines kompaniyasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Birinchi o‘ntalikka Singapur havo yo‘llari, Yaponiya havo yo‘llari, Cathay Pacific Airways, Qatar Airways, Swiss International Air Lines, Hainan Airlines va Lufthansa kiradi.

Reytingni tuzishda mutaxassislar aviakompaniyalarni bir qator mezonlar, shu jumladan, hojatxona, stol va o‘rindiqlar, gilam hamda yukxona javonlari tozaligi bo‘yicha baholagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют