» » “Do‘rmon” turar joy majmuasi aholiga foydalanishga topshirildi

“Do‘rmon” turar joy majmuasi aholiga foydalanishga topshirildi


Qibray tumanida yangi, zamonaviy shart-sharoitlarga ega ko‘p qavatli “Do‘rmon” turar joy majmuasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

“Tinchlik” qurilish kompaniyasi tomonidan bunyod etilgan mazkur majmua 3 ta 4 qavat, 232 xonadondan iborat bo‘lib, Toshkent viloyatining ekologik jihatdan toza hududlaridan birida qad rostlagan.

Qulay joylashuv, ixcham infratuzilma, yaqin atrofdagi qahvaxona, restoranlar, hovlidagi bolalar uchun va sport maydonchalari, futbol stadioni, TTZ avtobus bekatining so‘nggi manzili, doimiy muhayyo kommunal ehtiyojlar, muntazam internet va telefon aloqasi kabi sharoitlarga ega, bir xonadan besh xonagacha bo‘lgan nihoyatda qulay xonadonlar istalgan did sohibini o‘ziga rom etishi tayin.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan martabali mehmonlar tomonidan ta’kidlanganidek, mazkur turar joy majmuasini qurgan “Tinchlik” kompaniyasi ushbu sohada beqiyos tajribaga ega.

2018-yilda Navoiy shahri, Bog‘ishamol ko‘chasida 140 xonadonli 3 ta ko‘p qavatli binodan tarkib topgan turar joy majmuasi, Nizomiy ko‘chasida 133 xonadondan iborat 7 qavatli bino, shuningdek, ishlab chiqarish sohasida “Navoiy Tinch Tekstil” korxonasining qurib bitkazilib, ishga topshirilishi kompaniyaning o‘tgan vaqt mobaynida erishgan yutuqlarini yorqin aks etturib turadi.

Bugungi kunda ham ushbu shaharning 18-kichik tuman hududida 8 ta, 17-kichik tumanida 4 ta ko‘p qavatli uylarning qurilishi davom etib kelmoqda. Umuman olganda esa ishonchliligi, pishiq ishlanmalari, oldinga qo‘ygan ulkan maqsadlari tufayli ham bugungi kunda “Tinchlik” kompaniyasining sohaga qo‘shayotgan hissasini bir so‘z bilan ta’riflash mushkul.

Har bir xonadon va oila uchun ishonchli va muhtasham turar joylar barpo etish kompaniyaning asosiy maqsadidir!

Ofis manzili: Toshkent shahar Mirzo Ulugbek tumani, Feruza ko‘chasi, 4/9.

Mo‘ljal: Ginekologiya instituti, “Feruza” kinoteatr.

Telefon:

+998(71) 260-00-95;

+998(98) 126-75-00;

+998(98) 126-75-10.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют