» » Xames Rodriges “Real”ga qaytishi mumkin

Xames Rodriges “Real”ga qaytishi mumkin


“Bavariya”da ijara asosida to‘p surayotgan “Real” yarim himoyachisi Xames Rodrigesning kelajagi noaniqligicha qolmoqda, deb yozadi Marca.

Manbaga ko‘ra, futbolchi Myunxenda qolishni istamayapti, u yozda Madrid klubiga qaytmoqchi. Kolumbiyalik Florentino Peres hamda Zinedin Zidan bilan bu borada gaplashib olishni rejalashtirmoqda. Agar “Real” futbolchi xizmatlariga qiziqish bildirmasa, u boshqa klubga o‘tadi.

“Kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Klublar muzokara olib boradi. Men hammasidan xursandman va bu yerda o‘zimni qulay his qilmoqdaman. Kovach — yaxshi murabbiy. Biz u bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishimizga ishonaman”, — deydi Xames.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют