» » Farg‘onada Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan rentgen apparatlari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona ochildi

Farg‘onada Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan rentgen apparatlari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona ochildi


Farg‘ona shahrida “Listem-Fergana” O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi ish boshladi. Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan qo‘shma korxonada tibbiyot uchun zarur bo‘lgan 8 turdagi rentgen asbob-uskunalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 2020-yildan boshlab esa korxonada ultratovush, elektrokardiogramma moslamalari kabi 18 turdagi yuqori texnologik, raqamli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Loyiha qiymati 5 million dollarga teng bo‘lgan mazkur qo‘shma korxona yiliga 500 donagacha rentgen apparatlari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Mazkur apparatlar O‘zbekiston bozori uchun noyob va innovatsion mahsulot hisoblanadi.

“Listem-Fergana” mas’uliyati cheklangan jamiyatida kelgusida yillik ishlab chiqarish quvvati 900 donaga yetkaziladi. Korxona to‘la quvvat bilan ishlay boshlagach, mahsulotning asosiy qismi eksportga yo‘naltiriladi.

Yangi korxonaning ishga tushirilishi natijasida 35 ta yangi ish o‘rini yaratildi. Yil yakuniga qadar yana yuzga yaqin ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют