» » Venesuela armiyasining yana bir generali Guaydoni mamlakat prezidenti sifatida tan oldi

Venesuela armiyasining yana bir generali Guaydoni mamlakat prezidenti sifatida tan oldi


Venesuela generali Karlos Rotondaro muxolifat yetakchisi Xuan Guaydoni Bolivarian Respublikasining prezidenti etib tan oldi, deya xabar beradi “TASS”.

“1987-yilda men mamlakatni himoya qilish va uning uchun jonimni berishga qasamyod qilganman, ammo bu qasamyod korrupsion hukumatni himoya qilish degani emas edi. Albatta, men Xuan Guaydoni Venesuelaning muvaqqat prezidenti deb tan olaman”, — deydi u NTN24 telekanaliga bergan intervyusida.

Rotondaro shuningdek qurolli kuchlarning qolgan qismini ham “xuddi shunday yo‘l tutishga” chaqirgan. “Men xoin emasman, men doim Vatanimga sodiqman”, — deya qo‘shimcha qilgan u.

Hozirgi vaqtda general Kolumbiya hududida, u hukumatdan boshpana berishni so‘ragan.

Avvalroq, muxolifat yetakchisini davlat rahbari sifatida harbiy havo kuchlari bosh qo‘mondoni General Fransisko Esteban Yanes Rodrigez, quruqlikdagi qo‘shinlar polkovnigi Ruben Alberto Paz Ximenez, Venesuela harbiy havo kuchlari sardori Karlos Vazkes Gonsales, Venesuelaning AQSh elchixonasidagi harbiy attashesi, polkovnik Xose Luis Silva qo‘llab-quvvatlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют