» » Toshkent xalqaro aeroportida 21 yashar ayolni Dubayga fohishalik uchun yuborayotgan shaxs ushlandi

Toshkent xalqaro aeroportida 21 yashar ayolni Dubayga fohishalik uchun yuborayotgan shaxs ushlandi


Joriy yil 14-mart kuni IIV hamda Jizzax viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Toshkent xal qaro aeroportida Buxoro viloyatida yashovchi 35 yoshli N.Sh. qo‘lga olindi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

U Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga 21 yoshli N.J. ismli ayolni shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun yuborayotgan vaqtida ushlandi.

Surishtiruv davomida N.Sh. Dubay shahrida qo‘shmachilik bilan shug‘ullanuvchi “Shahnoza” ismli ayol bilan oldindan til biriktirib, uning ko‘magida N.J.ga aviachipta sotib olganligi ma’lum bo‘ldi.

N.J.ga Dubayga yetib borgandan so‘ng dastlab 3500 AQSh dollarini ishlab berish majburiyati yuklangani aniqlandi.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют