» » Sanjarbek Rahmonovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Sanjarbek Rahmonovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi


Professional boksning yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Sanjarbek Rahmonov (11 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang, 5 ta nokaut) aprel oyida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar beradi.

Floyd Meyvezerning Mayweather Promotions promouterlik kompaniyasi tarkibida mashg‘ulotlar olib borayotgan Sanjarbek 5-aprel kuni amerikalik Kit Hanterga (9 ta g‘alaba, 7 ta nokaut) qarshi ringga chiqadi. Jang Las-Vegasdagi Sam’s Town Hotel & Gambling Hall saroyida bo‘lib o‘tadi. So‘nggi beshta jangini Sanjarbek aynan shu arenada o‘tkazgandi.

Eslatib o‘tamiz, Rahmonov oxirgi jangini 7-dekabr kuni Jonatan Stilga (9 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang, 6 ta nokaut) qarshi o‘tkazib, raqibini ochkolar bo‘yicha mag‘lubiyatga uchratgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют