» » Shahobiddin Zoirovning professional boksdagi debyut jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Shahobiddin Zoirovning professional boksdagi debyut jangi sanasi ma’lum bo‘ldi


Shahobiddin Zoirovning professional boksdagi debyut jangi qachon va qayerda o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.

Zoirov ishtirokidagi jang 5-aprel kuni BAAning Dubay shahrida o‘tkazilishi kutilmoqda. Kite Beach’da o‘tkaziladigan professional boks oqshomi USA ESPN+ telekanali orqali efirga uzatiladi. Tez orada Shahobiddinning raqibi ham e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov faoliyatini professional boksda davom ettirishi haqida xabar berilgandi.

Buxorolik bokschi Buyuk Britaniyaning mashhur MTK Global promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi va yangi jamoasi bilan birga Ispaniyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishga ham ulgurdi.

Ma’lumot uchun, superog‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuri, shuningdek, Martin Myurrey, Billi Jo Sonders singari bokschilar ham MTK Global promouterlik kompaniyasi mijozi hisoblanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют