» » O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga yangi texnika va qurol-aslahalar topshirildi (foto)

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga yangi texnika va qurol-aslahalar topshirildi (foto)


19-mart kuni Chirchiq dala o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarini 2018—2021-yillarda harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan butlash, ularni ta’mirlash va modernizatsiya qilish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq yangi harbiy texnikalar qo‘shinlarga foydalanish uchun topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tantanali tadbirda Mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Oybek Ismoilov, Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi vakillari hamda harbiy texnikalarni qabul qilgan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Jami ikki yuzga yaqin harbiy texnika va qurol-aslaha namunalari topshirilgan bo‘lib, ular orasida yuk, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, harbiy xizmatchilarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan harbiy transport texnikalari mavjud.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют