» » Sadio Mane yozda “Real Madrid” futbolchisiga aylanishi mumkin, unga shaxsan Zidanning o‘zi qiziqmoqda

Sadio Mane yozda “Real Madrid” futbolchisiga aylanishi mumkin, unga shaxsan Zidanning o‘zi qiziqmoqda


“Liverpul”ning hujumkor yarim himoyachisi Sadio Mane faoliyatini “Real”da davom ettirishi mumkin.

France Football’ning xabar berishicha, Madrid klubi shu yilning yozida senegallik futbolchiga taklif bilan chiqish variantiga qaytmoqchi va uni sotib olishga urinib ko‘radi.

Avvalroq Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Manega qiziqish bildirgan. Ma’lum bo‘lishicha, Zidanning “Real”ga qaytishi uchun qo‘ygan shartlaridan birida — Maneni sotib olish ham bo‘lgan.

O‘tgan yil yozida Zidan futbolchini “Real” safiga qo‘shib olmoqchi edi, ammo fransiyalik klubdan ketganidan so‘ng “Real Madrid” “Liverpul” futbolchisini sotib olish fikridan qaytgandi.

Ma’lumot uchun, Sadio joriy mavsum Angliya premyer ligasida 29 ta o‘yinda qatnashib,  17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют