» » O‘zbekistonda yangi namunadagi sug‘urta polislari amalga kiritiladi

O‘zbekistonda yangi namunadagi sug‘urta polislari amalga kiritiladi


Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori (222-son, 19.03.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Qarorga ko‘ra transport egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha onlayn yagona axborot tizimi joriy etiladi.

Majburiy sug‘urta bo‘yicha yangi namunadagi sug‘urta polislari amalga kiritiladi. Ilgari berilgan sug‘urta polislari amal qilish muddati tugaguncha o‘z kuchini saqlab qoladi.

Majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta puli oshirilib, 40 mln. so‘m miqdorda belgilandi. Ya’ni, yo‘l-transport hodisasi natijasida yetkazilgan zarar uchun to‘lanadigan sug‘urta tovoni shu summadan oshmaydi. Ilgari bu summa 12 mln. so‘mni tashkil qilgan.

Sug‘urta qildirish uchun ishonchnoma yoxud ushbu transportga egalik huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etish bo‘yicha talab ham bekor qilindi.

Shuningdek, zarur ma’lumotlar yagona axborot tizimida mavjud bo‘lganida sug‘urtalovchi hujjatlarni (pasport, transport vositasining texnik pasporti, haydovchilik guvohnomalarini) talab qilmasdan sug‘urta qilishi mumkin.

Mazkur qaror 3 oydan keyin kuchga kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют