» » Sirdaryoda Xitoydan keltirilgan 3 million tut ko‘chati yo‘q qilindi

Sirdaryoda Xitoydan keltirilgan 3 million tut ko‘chati yo‘q qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi xabar berishicha, Xitoy davlatidan Sirdaryo viloyatiga karantin ruxsatnomasisiz olib kirilgan 3 million dona tut ko‘chati “Bo‘rtma nematoda” kasalligi bilan zararlangani tufayli yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.

Mazkur tut ko‘chatlari O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining Markaziy karantin laboratoriyasi tekshiruvidan o‘tkazilganda ildiz qismida shunday kasallik aniqlangan va tegishli karantin choralari ko‘rilishi yuzasidan xulosa berilgan. Ushbu o‘simlik virusi pomidor, bodring, sabzi, piyoz, g‘o‘za ekinlari, gilos, o‘rik daraxtlarini kuchli zararlaydi. Lichinkalarning rivojlanishi natijasida o‘simlik butunlay nobud bo‘ladi. Dunyo bo‘yicha Bo‘rtma nematodalar bilan 2000 turga yaqin turli oilaga mansub madaniy va yovvoyi o‘simliklar zararlangan bo‘lib, bu holat yil sayin ortib bormoqda.

Inspeksiyasining taqdimnomasiga muvofiq, viloyat hokimligining qarori bilan tut ko‘chatlari keltirilgan hududda karantin holati e’lon qilindi. Xitoydan keltirilgan 3 million dona tut ko‘chatlari viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining maxsus poligonida tegishli tashkilot va idoralarning mas’ul xodimlari ishtirokida yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonunining tegishli moddasiga asosan respublika hududiga karantin ostidagi mahsulotlar hamda o‘simliklarning ekish materiallarini (urug‘lik, ko‘chat, tuganak, piyozbosh va boshqalar) olib kirishdan avval “O‘zdavkarantin” inspeksiyasidan karantin ruxsatnomasi va fitosanitariya sertifikatini olish maqsadga muvofiqdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют