» » O‘zbekiston “Lester”i bo‘lishga da’vogar Samarqand klubi Toshkentda “Paxtakor”ni taslim qildi

O‘zbekiston “Lester”i bo‘lishga da’vogar Samarqand klubi Toshkentda “Paxtakor”ni taslim qildi


“Mana sizga kir yuvadigan mashina-yu, mana sizga televizor!” Toshkentning “Paxtakor” Damas avtomobilini yutuq sifatida o‘ynagan uchrashuvida Oliy liganing debyutant klubiga imkoniyatni boy berdi.

O‘zbekiston Oliy ligasining 3-turida Samarqandning “Dinamo” klubi “Paxtakor”da mehmon bo‘ldi. Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol 89-daqiqada Radu Rogak tomonidar urildi.

Samarqand klubi bunga qadar Bekobodda “Metallurg” ustidan 2:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, o‘z maydonida “Sho‘rtan”dan ustun kelgandi — 3:0. Mazkur ikki g‘alaba “Dinamo”ni 2-turdan keyin peshqadamga aylantirgandi. Klub 3-turda ham g‘alabali yurishini davom ettirdi. Shuningdek, o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormadi.

Chempionatni “Qizilqum” ustidan zafar quchish bilan boshlagan “paxtakorchilar” esa o‘tgan turda ham gol urishning uddasidan chiqa olmagandi. Bu holat ketma-ket ikki turda davom etdi. Qayd etish kerak, Samvel Babayan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga eng ko‘p “Paxtakor” futbolchilarini jalb qiladi.

Ma’lumot uchun, Samarqand klubi Toshkentda “Paxtakor”ni faqatgina bir marta mag‘lub etgandi. Bu esa tarixdagi ikkinchi g‘alaba bo‘ldi.

O‘zbekiston Oliy ligasi
3-tur
12-mart, yakshanba

Gol: Radu Rogak, 89 (0:1).

Опубликовано: admin (12-03-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют