» » Fukusima AESning bugungi holati qanday? (video)

Fukusima AESning bugungi holati qanday? (video)


2011-yil 11-martda Yaponiyada yuz bergan sunami va Fukusima AESdagi halokat 18 mingdan ortiq kishining umriga zomin bo‘lgan. Halokatdan olti yil o‘tib, yapon xalqi halok bo‘lganlarni yod etish uchun yig‘ildi. Bu haqda Le Monde nashri ma’lum qildi.

Nashr AESning holatiga alohida e’tibor qaratdi. Stansiya radioaktiv moddalarni chiqarmasligi uchun doimiy sovitib turiladi. TEPCO (The Tokyo Electric Power Company) operatori 1, 2, 3-reaktorlarga har kuni 325 kub metr suv quyadi. Quyiladigan suv reaktorlarda 50 darajadan past haroratni saqlab turishga imkon beradi. Muammo shundaki, quyiladigan suv stansiya ostidagi yerto‘lalarga oqib tushib radioaktiv moddalarga aralashadi. Natijada stansiya ostida 70 ming tonna zaharlangan suv yig‘ilgan.

Har kuni inshoot ostidan, taxminan, 500 kub metr suv tortib olinadi. Tortib olingan suv qayta ishlanib, uning bir qismi stansiyani sovitish sikliga jo‘natiladi. Foydalanilmay qoladigan 200 kub metrga yaqin suv to‘plash hududiga yuboriladi. Ulkan to‘plash hududida mingdan ortiq rezervuar (suv to‘planadigan zaxira havzasi) joylashgan. Rezervuarlarda halokat yuz bergandan buyon 800 ming tonnadan ortiq suv to‘plangan. Suvning bu miqdori 200 ta olimpiada havzasini to‘ldirishga yetadi.

Bu yerda boshqa muammo ham yuzaga kelgan. Shoshilinch ravishda qurilgan ko‘p sonli rezervuarlardan suv sizib chiqa boshlagan. Ular bosqichma-bosqich moslashtirilgan rezervuarlar bilan almashtirilgan.

Yer osti qatlamidagi suvning okeanga sizib chiqishini oldini olish maqsadida 900 metr uzunlikdagi va 30 metr chuqurlikdagi devor qurilgan. Shuningdek, zararli radioaktiv moddalarni ushlab turish uchun stansiya atrofidagi yer ham muzlatilishi kerak.

TEPCO bir kunda stansiyadan keladigan 2300 kub metr suvni qayta ishlab, radioaktiv moddalarni ajratish imkoniyatiga ega. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad: suvning har qanday sizib chiqishini to‘xtatish va rezervuarlarga faqat qayta ishlangan suvni jo‘natish. Maqsad amalga oshgach rezervuarlardagi barcha tozalangan suv dengizga qo‘yib yuborilishi mumkin bo‘ladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-03-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют