» » O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish soddalashtiriladi

O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish soddalashtiriladi


O‘zbekiston Jahon Bankining “Biznesni yuritish – 2019” hisobotida “Xalqaro savdo” indikatori bo‘yicha 165-o‘rinni egalladi. Shuning uchun O‘zbekistonda bojxona qo‘mitasi tashqi iqtisodiy jarayonni soddalashtirishni reja qildi Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

“Doing business” reytingidagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda chegara va bojxona nazoratida eksportni amalga oshirish vaqti 112 soatni tashkil etadi. Bunda hujjatlarni rasmiylashtirishga — 96 soat va 570 dollar sarflanmoqda. Importni amalga oshirishda chegara va bojxona nazoratida hujjatlarni rasmiylashtirishga 174 soat va 570 dollar sarflanmoqda. Ayni damda mazkur indikator bo‘yicha yuqori o‘rinlarga ega xorijiy mamlakatlarning eksport/import uchun sarflanadigan vaqti va xarajatlari miqdori nolga yaqin.

Shu bois, Adliya vazirligi Davlat Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda bojxona tashqi iqtisodiy va chegara postlarida ruxsatnoma hujjatlarini rasmiylashtirish tartib-taomillari, nazorat tartib-taomillaridan o‘tish sohasidagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rgangan.

Tahlil natijalari ruxsatnoma hujjatlari va bojxona rasmiylashtirish uchun tegishli organlarga taqdim etilayotgan ortiqcha byurokratik tartib-taomillar, talablar va hujjatlar mavjudligini ko‘rsatgan.

Ular orasida

Masalan, “Yallama” postida xronometraj o‘tkazilganda bir yuk avtotransport vositasi 74 daqiqada nazorat tartib-taomilidan (chegara, bojxona, veterinar, fitosanitar, sanitar-karatin nazorati) o‘tgan. Hujjatlarni tekshirishga qariyb 10 daqiqa, bojxona ko‘rigiga – 5 daqiqa vaqt sarflangan va oxirida hujjatlar hamda yukda kamchiliklar aniqlanmagan. Ayni paytda 60 daqiqa vaqt faqat kutishga sarflangan.

Tovarlarni import qilishda import qiluvchi shaxsga qog‘oz variantidagi hujjat (“begunok”) beriladi. Unda bojxona nazorati, chegara nazorati, transport tekshirilgani haqidagi, veterinar nazorati, sanitar-karantin nazorati, karantin-fitosanitar nazorati bo‘yicha 6 ta ruxsatnoma muhri qo‘ydirilishi kerak. Hatto, import qilinayotgan tovar veterinar xizmati nazoratidan o‘tmaydigan tovar hisoblansa ham, baribir veterinariya nazorati vakilidan muhr bostirilishi lozim.

Ushbu sohadagi ilg‘or xorijiy tajriba o‘rganilganda, ko‘pgina davlatlarda zarur hujjatlarni “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha real vaqt rejimida rasmiylashtirish va olish imkonini beradigan zamonaviy axborot tizimlarining joriy etilgani, bojxona, chegara va boshqa nazoratlardan avtomatlashgan tizimlar orqali o‘tilishi, ortiqcha tartib-taomillar

va hujjatlarning bekor qilinishi eksport/importni amalga oshirishda moliyaviy xarajatlar va vaqtni tejashga yordam berganligi ma’lum bo‘ldi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Adliya vazirligi tomonidan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют