» » Eldor Shomurodov “Rostov” va Valeriy Karpin haqida gapirdi

Eldor Shomurodov “Rostov” va Valeriy Karpin haqida gapirdi


O‘zbekiston terma jamoasi hamda Rossiyaning “Rostov” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov o‘z jamoasining o‘yini hamda ustozi Valeriy Karpin haqida gapirdi.

— Ko‘pchilik “Rostov” — bu avtobus, deydi. Shu sababli jamoa yetakchilardan ochkolar tortib oladi, lekin autsayderlar bilan o‘ynashda qiyinchiliklarga duch keladi: “Krilya Sovetov” bilan kechgan 2 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi, “Orenburg”ga qarshi o‘yinda ham yutqazdi. YeniseyvaUfaklublari bilan durang o‘ynadi.

— Himoyaga e’tibor berish — bu odatiy hol. Lekin biz O‘zbekiston terma jamoasida bo‘lgani kabi hujum uyushtirib, pressing qilyapmiz. Men “avtobus” so‘zidan xafa emasman. Eng asosiysi, bizning o‘yin uslubimiz natija bermoqda. Faqatgina gapirish uchun 3 ochko berilmaydi!

— Murabbiy Karpinni ta’riflab bering. Uning harakteri qanday?

— Valeriy Georgiyevichni tug‘ilgan kuni bilan tabriklaganimizda, men videoda uni quvnoqligini aytgandim. Ammo Karpin murabbiy sifatida taktika va futbolchilarni jismoniy jihatdan tayyorlash bo‘yicha top-mutaxassis deb hisoblayman. U bizga top-klublar qanday o‘ynashi kerakligini — himoyadan qay tarzda chiqishlari va hujum qilishini nazariy jihatdan ko‘rsatib beradi.

Osiyo Kubogidan so‘ng biz gaplashdik, hamma meni gollarim bilan tabrikladi. Shuningdek, Valeriy Georgiyevich ham o‘yinim yoqqanligini aytdi.

— Mavsum boshida siz maydon markazida va o‘ng qanot himoyada o‘ynadingiz. Moslashish qiyin bo‘lgandir?

— Bungacha menda 4-2-3-1 sxemasida chap qanot hujum chizig‘ida o‘ynash tajribasi bor edi. “Rostov”da biz 5 ta himoyachi bilan o‘ynaymiz, shuning uchun qanot o‘yinchilarining vazifalari biroz boshqacha. Asosiysi ko‘proq yugurishda. Lekin bu men uchun muammo emas, — deydi Shomurodov Sport24’ga bergan intervyusida.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют