» » “Barselona” Luis Suaresga o‘rinbosar topdi

“Barselona” Luis Suaresga o‘rinbosar topdi


“Barselona” mavsum oxirida “Ayntraxt F” hujumchisi Luka Yovichni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AS xabar beradi.

O‘tgan haftada “ko‘k-anor ranglilar” sport direktori Erik Abidal va klubning boshqa rahbarlari futbolchining agenti bilan shartnoma masalalari yuzasidan muhokama olib bordi.

Futbolchining transfer narxi 60 million yevroga baholanmoqda.

21 yoshli Yovich “Barselona”da Luis Suares pozitsiyasida, markaziy hujum chizig‘ida to‘p suradi.

Ma’lum qilinishicha, serbiyalikning o‘zi “Barselona” o‘yin uslubiga moslashib olish uchun bir mavsumni urugvaylikning o‘rinbosari sifatida o‘tkazishga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, Luka Yovich joriy mavsum Bundesliganing 24 ta uchrashuvida maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют