» » Haloskorlar — Krishtianu Ronaldu va Serxio Ramos “Real”ning irodali g‘alabasini ta’minladi

Haloskorlar — Krishtianu Ronaldu va Serxio Ramos “Real”ning irodali g‘alabasini ta’minladi


Ispaniya La ligasining 27-turida chempionlik uchun kurash olib borayotgan “Sevilya” hamda “Barselona” klublari ochko yo‘qotgandi. Madridning “Real” klubi uchun esa tur omadli keldi.

“Santyago Bernabeu” stadionida “Betis”ni qabul qilgan “Qirollik klubi” o‘z darvozasidan birinchi golni o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, o‘yin yakuniga qadar unga ikki bor javob qaytarishning uddasidan chiqa oldi.

Avvaliga Krishtianu Ronaldu hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, uchrashuv asosiy vaqti yakuniga 9 daqiqa qolganida Serxio Ramos “Real”ning g‘alabasini ta’minlagan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa “Real” hamda “Barselona” klublari o‘rtasidagi ochkolar farqi 2 taga yetdi. Madrid klubida “Selta”ga qarshi bitta zaxira o‘yini ham bor ekani hisobga olinsa, bu farq 5 taga qadar yetishi katta ehtimol.

Ispaniya La ligasi
27-tur
12-mart, yakshanba

Gollar: Xoselu, 40 (1:0). Luis Suares, 46 (1:1). Aleks Bergantinyos, 74 (2:1).

Gollar: Raul Garsiya, 28-pen (0:1). Inyaki Uilyams, 56 (0:2).

Gol: Roberto Soldado, 45 (0:1).

Gollar: Keylor Navas, 25-avt (0:1). Krishtianu Ronaldu, 41 (1:1). Serxio Ramos, 81 (2:1).
Chetlatish: Kristiano Pichchini, 78 (B).

13-mart, dushanba
“Osasuna” — “Eybar” — 00:45

Опубликовано: admin (13-03-2017, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют