» » Buxoroda Milliy gvardiya safida xizmat qiluvchi 30 nafar xodimga yangi

Buxoroda Milliy gvardiya safida xizmat qiluvchi 30 nafar xodimga yangi


Navro‘z arafasida Buxoro viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi safida xizmat qilayotgan 30 nafar harbiy xizmatchilar yangi uy sohiblariga aylandi, deb xabar berdi Milliy gvardiya matbuot xizmati.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Buxoro viloyati hokimi – har­biy ma’muriy sektor rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Senat a’zosi O‘ktam Barnoyev, O‘zbekiston Respub­likasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari Shuhratjon Shokirov, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, ularning oila a’zolari, yaqinlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

“Navro‘z ayyomi arafasida bizga va oila a’zolarimizga qo‘shaloq quvonch baxsh etgan bugungi unutilmas kun hayotimdagi eng qimmatli sovg‘a bo‘ldi deya olaman. Albatta, bu e’tibor biz harbiy xizmatchilarga bildirilayotgan ishonchdan dalolatdir. Biz ham o‘z o‘rnida zimmamizdagi mas’uliyatni his qilgan holda, Yurtimiz tinchligi va ravnaqi uchun bor imkoniyatlarimizni safarbar qilamiz”, – deydi podpolkovnik Oybek Qurbonov.

Xushovoz xonandalarning sho‘x kuy-qo‘shiqlari nafaqat tadbir ishtirokchilari balki butun mahallaga bayramona kayfiyat ulashdi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют