» » 3 yildan beri leykoz bilan kurashayotgan Dilshodbekning hayotini saqlab qolaylik!

3 yildan beri leykoz bilan kurashayotgan Dilshodbekning hayotini saqlab qolaylik!


Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida 1983-yil 20-iyulda tavallud topgan Tohira Xudoyberdiyevaning 2006-yil 26-oktabr kuni tug‘ilgan o‘g‘li Dilshodbek Qurbonov jiddiy dard bilan olishmoqda. Unga o‘tkir limfoblastli leykoz tashxisi qo‘yilgan.

Onasining aytishicha, farzandi Dilshodbek 2016-yilning fevral oyidan beri og‘ir betob.

Dilshodbekda kasallik alomatlari tana haroratining ko‘tarilishi bilan boshlangan. Bir muddat o‘tib badanida ko‘karish yuzaga kelib, Kasbi tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolangan.

Biroq, ahvoli yaxshi tomonga o‘zgarish o‘rniga kundan kunga og‘irlashavergach, Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Gematologiya bo‘limiga tekshirib, davolanishi uchun murojaat qilgan. Bu yerda miyelogramma tahlillariga asosan “o‘tkir leykoz” tashxisi quyilib, tekshiruvlarni, davolanishni davom ettirish uchun Respublika Gematologiya va qon quyish institutiga yuborilgan.

U markazda “o‘tkir limfoblastli leykoz” tashxisi tasdiqlanib, standart xavf guruhi bo‘yicha induksiya remissiya kursini olgan.

Bemor Dilshodbek bundan bir necha yil avval mazkur kasallik bilan og‘rigan. Kasalligi tufayli maktabdan ham qolib ketgan. Oila ilojini qilib bir necha bosqichda bolasini davolatgan. Dilshodbek tuzalib ketgan. Biroq suyganiga sinovlar berguvchi Alloh oradan 4 oy o‘tib yana shu kasallikni bergan. Hozirda oila juda qiyin ahvolda.

Dilshodbek sport bilan shug‘ullanmoqchi. Vaqt o‘tgach esa harbiy kasbni tanlamoqchi. Mushtipar ona bolasini barcha sog‘lom bolalardek o‘ynab-kulib yurishini istaydi. Uyda ta’lim olayotgan farzandini tengqurlari qatori maktablarda tahsil olishini xohlaydi.

Dilshodbekning navbatdagi kimyoterapiya muolajalari boshlanish arafasida. Lekin uning ota-onasi ushbu kasallikni davolovchi dorilarni sotib olib berishga qiynaladi.

Dilshodbekning yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda har bir kurs muolajalari uchun 2000 dollar atrofida mablag‘ talab etiladi. Shu kungacha ham uning dorilari uchun qarindoshlardan qarz olishga majbur bo‘lgan oila hozirda 2500 dollar qarzdorlikka ega.

“O‘g‘limni 2016-yildan beri Toshkentdagi Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti Onkogematologiya klinikasi 1-bolalar bo‘limida davolatib kelmoqdamiz. Oilamiz bor-yo‘g‘ini sarflab bo‘lgan. Hozirgi kunda ancha mablag‘ga muhtoj bo‘lib turibmiz. Men shifoxonada bolamni yonidaman, dadasi ishlaydi. Topganlari ro‘zg‘ordan, ijara to‘lovidan ortmaydi.

O‘g‘lim chet eldan keladigan dorilar bilan davolanib kelmoqda. Dorilari juda qimmat. Davolanish kurslarini davom ettirishiga moddiy ta’minotdan imkoniyatimiz yetmay qoldi. Hozirda asosiy kurs davolanish muolajalarini olib kelmoqda. Asosiy kurs tugagach, qo‘shimcha kurslar boshlanadi.

Har kursiga juda katta mablag‘ talab etilyapti. Ayni paytda narxi qimmat bo‘lgan kuchli antibiotiklar olib kelmoqda.

Hozirda biz iqtisodiy tomondan qiynalib qoldik. Juda qiyin vaziyatdamiz. Hozirda qimmat dori-darmonlari uchun baribir qo‘limiz kaltalik qilyapti. Shifokorlar aytishyaptiki, agar biz davolanish kursini to‘liq o‘tasak, u nasib etsa yaxshi bo‘lib ketar ekan. Ammo buning uchun bizda mablag‘ yetarli emas.

Yaxshi insonlar, bemor o‘g‘limga qo‘lingizdan kelgan yordamni ayamasangiz”,— deydi Dilshodbekning onasi Tohira opa.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme)

Otasi Rajabov Dilmurod nomiga ochilgan

Agrobank: 8600-0417-2154-6035

Xorijdan bankdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun onasini pasport ma’lumotlari:

Tohira Xudoyberdiyeva 

Pasport raqami: AB 8898234

Onasi Tohira Xudoyberdiyevaning telefon raqami:

+99893 9085232



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют