» » AQShda shifokor noqonuniy ravishda 50 nafar bolaning otasi bo‘ldi

AQShda shifokor noqonuniy ravishda 50 nafar bolaning otasi bo‘ldi


AQShda qirq yil davomida shifokor bemorlarni urug‘lantirish uchun o‘zining urug‘idan foydalangan holda kamida 50 bolaning otasi bo‘lgan, deya xabar beradi “Korrespondent”.

Indiana shtatidan bo‘lgan Donald Kleyn 1970-yildan buyon ko‘p yillar davomida o‘z namunalarini turli donorlarning genetik materiali sifatida qo‘llab ayollarni yashirin ravishda urug‘lantirgan.

2014-yilda Klaynning qizlaridan biri Yakob Ballard donordan dunyoga kelganini bilib, o‘z qondosh opa-singil va aka-ukalarini maxsus forum orqali topishga qaror qilmaguncha bundan hech kim shubhalanmagan.

U yerda onasi Klaynda davolangan ishtirokchilardan biri Yakobaga juda o‘xshardi. DNK tekshiruvi natijasida esa u singlisi bo‘lib chiqdi. Keyinroq yana oltita opa-ukalar topildi. Keyinchalik Klaynning boshqa bemorlari ham o‘z qarindoshligini aniqlagan. So‘nggi DNK testlari natijasida shifokorning otaligi 50 kishi tomonidan tasdiqlangan.

Ma’lumotlariga ko‘ra, Klaynning ba’zi bolalari o‘z taqdiriga “shifokorning hissasini yuqori baholagan”, boshqalari esa bu voqealardan dahshatga tushib, amerikalikka qarshi da’vo ochgan.

Ginekolog o‘zining genetik materialidan taxminan 50 marta foydalanganini tan olgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha vaqtda boshqa donorlardan urug‘ olish ancha qiyin bo‘lgan va ko‘p vaqt talab etgan.

2017-yilda Indiana shtatida Klayn 500 dollar jarimaga tortilgan va bir yil shartli jazoga hukm qilingan. Shuningdek, u tibbiy litsenziyadan mahrum bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют