» » Rajab Toyyib Erdo‘g‘on: Turkiyada o‘lim jazosini bekor qilish xato

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on: Turkiyada o‘lim jazosini bekor qilish xato


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiyada o‘lim jazosini bekor qilishni xato deb atadi, deya xabar beradi “RBK”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘lim jazosi mamlakatga qaytarilishi lozim. Erdo‘g‘on o‘z maqsadini 2016-yilning iyul oyida davlat to‘ntarilishiga urunganlarni qamoqxonada saqlash zaruriyati bilan izohladi. Turk rahbari bunday mahbuslarni umrbod oziqlantirish kerakligidan noroziligini bildirgan.

“Biz o‘lim jazosini bekor qilib, xatoga yo‘l qo‘ydik. Biz nohaqmiz deb o‘ylayman. Agar parlamentimiz bu qarorni qabul qilsa (o‘lim jazosini qaytarsa - RBK), uni ma’qullayman”, — dedi Erdo‘g‘on.

2017-yilning aprelida Erdo‘g‘on mamlakat hukumatida referendumdan so‘ng o‘lim jazosini joriy etish zarurligini ta’kidlagandi.

Turkiyada o‘lim jazosi 1984-yildan buyon amalga oshirilmagan. 2004-yilda Erdo‘g‘on mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish maqsadida ushbu jazo chorasini rasman bekor qilgan. 2016-yilgi davlat to‘ntarilishiga urunishdan so‘ng o‘lim jazosini joriy qilish bo‘yicha muhokamalar qayta boshlangan. Prezident to‘ntarish bilan shug‘ullanadiganlarning hammasini jazolash uchun o‘lim jazosini qonuniylashtirish zarurligini bir necha bor ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют