» » Jo Bayden AQSh prezidenti saylovlarida qatnashishi haqida e’lon qildi

Jo Bayden AQSh prezidenti saylovlarida qatnashishi haqida e’lon qildi


AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden 2020-yilgi prezident saylovlarida Demokratik partiya nomidan nomzodini qo‘yishni rejalashtirayotganini e’lon qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.

19-mart kuni janob Bayden tarafdorlariga prezidentlikka nomzod bo‘lish niyati, shuningdek, ulardan asosiy homiylarning yordami haqida so‘rash haqida murojaat qilgan. U bir necha million dollar yig‘ishdan umid qilmoqda.

Bayden boshqa raqobatchilari onlayn yig‘imlar orqali zarur miqdordagi mablag‘ni yig‘ib bo‘lganidan xavotirda.

AQSh Federal saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi eng yuqori lavozim rasmiy ro‘yxatiga olingan nomzodlarning soni deyarli 500ga yetgan.

Ro‘yxatda 143 nafar Demokratlar, 64 nafar Respublikachilar, 18 libertarianlar va Yashillar partiyasidan 10 nafar nomzodlar bor. Qolganlari mustaqil partiyalar yoki boshqa partiyalar tarafdorlari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют