» » Amerikalik erkak hindlarni arablar bilan adashtirib, ularning do‘koniga o‘t qo‘ydi

Amerikalik erkak hindlarni arablar bilan adashtirib, ularning do‘koniga o‘t qo‘ydi


Florida shtatida yashovchi erkak hindlar egalik qiluvchi do‘konni yoqib yubordi, chunki u hindlarni arablar deb adashgan edi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

O‘t qo‘yib yuborgan fuqaro “arablarning mamlakatdan chiqib ketishini” xohlagan. AQShda so‘nggi paytlarda hindlarga hujumlar tez-tez sodir bo‘lmoqda, deyiladi xabarda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 10-mart, juma kuni sodir bo‘lgan. 64 yoshli Richard Lloyd axlat qutisini do‘kon yoniga dumalatib borgan va uni yoqib yuborgan. Xayriyat, yong‘inni tezda bartaraf etishgan.

Lloyd qo‘lga olingan, u politsiyaga do‘kon musulmon arablarga tegishli deb o‘ylaganini va “ular Yaqin Sharqda qilayotgan ishlardan g‘azabda ekanligini” aytgan. Erkak bu ishni “Amerikani deb” qilganini ta’kidladi.

Опубликовано: admin (13-03-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют