» » Samsung hamyonbop Galaxy A20 smartfonini taqdim etdi

Samsung hamyonbop Galaxy A20 smartfonini taqdim etdi


Samsung kompaniyasi Galaxy A30, Galaxy A50 va Galaxy A10 smartfonidan so‘ng hamyonbop Galaxy A20 ni ham taqdim etdi, deb yozadi Spot.

Smartfon, yangilangan A seriyasidagi boshqa qurilmalar singari, plastik korpus va tomchisimon “kesik”li uzaytirilgan ekranga (Infinity-V) ega bo’ldi. Uning diagonali 6,4 dyuymni tashkil etadi.

Qurilmaning samaradorligiga 1,6 GGs chastotali Exynos 7884 protsessori, 4000 mA/soat batareya, 3 Gbayt operativ va 32 Gb ichki xotira javob beradi. 512 Gbaytgacha microSD xotira kartasi uchun “uya” ham mavjud.

Galaxy A20 qo‘shaloq kamera bilan jihozlangan: 13 Mp (f /1.9) + 5 Mp (f /2.4). Birinchi modul asosiy hisoblanadi, ikkinchisi esa chuqurlik sensori. Old kamera — 8 Mp. Smartfon barmoq izlari skaneri, kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC chipi, USB-C porti va Android 9 Pie OC bilan jihozlangan.

Qurilma 217 dollarga baholanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют