» » Poroshenko Rossiyaga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar joriy etdi

Poroshenko Rossiyaga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar joriy etdi


Ukraina rahbari Pyotr Poroshenko ba’zi Rossiya fuqarolariga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

Ukraina prezidenti o‘z mustaqilligini e’lon qilgan Lugansk Xalq Respublikasi va Donetsk Xalq Respublikasi saylovlarida kuzatuvchilar sifatida faoliyat olib borgan, shuningdek, Qrim ko‘prigining qurilishida ishtirok etgan bir qator mamlakatlar fuqarolariga sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Sanksiyalar 294 ta yuridik shaxs va 848 nafar jismoniy shaxsga nisbatan qo‘llaniladi.

Bundan oldin, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi “Ukrainaga qarshi tajovuzkor harakatlar”ni qo‘llab-quvvatlagan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Avvalroq, Kerch bo‘g‘ozi mojarosi sababli Avstraliya yetti nafar Rossiya fuqarosiga qarshi sanksiyalar joriy qilgandi.

Shuningdek, AQSh Kongressida Venesuela tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashni istashgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют