» » O‘zbekiston Eron, JAR va Gonkong fuqarolariga elektron viza olish uchun ruxsat berdi

O‘zbekiston Eron, JAR va Gonkong fuqarolariga elektron viza olish uchun ruxsat berdi


O‘zbekiston Eron, Janubiy Afrika Respublikasi va Gonkong fuqarolariga elektron viza olish uchun ruxsat berdi, deya yozadi “Podrobno.uz”.

O‘zbekiston Prezidenti 2019-yil 19-mart kuni shunga doir qarorni imzolagan.

Xuddi shu hujjatga ko‘ra, Eron, Janubiy Afrika Respublikasi va Gonkong fuqarolari ko‘chmas mulkka ega bo‘lish sharti bilan O‘zbekistonda yashash huquqiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil yanvar oyida O‘zbekiston elektron viza olishga ruxsat etilgan mamlakatlar ro‘yxatini yanada kengaytirgan.  Ushbu ro‘yxat 76 mamlakat fuqarolarini o‘z ichiga olgan.

Elektron vizalarning afzalliklari uni olishning oddiyligi va tezligida. U e-visa.gov.uz maxsus portalidan atigi ikki ish kunida (ariza topshirilgan kundan tashqari) beriladi.

Bu tizim o‘tgan yili 15-iyulda joriy qilingan edi. Elektron vizalar O‘zbekistonga bir marta kirish uchun 30 kungacha bo‘lgan muddatga beriladi. Ro‘yxatga olingan kundan boshlab 90 kun davomida amal qiladi. Elektron viza olishga ariza topshirish uchun 20 dollar miqdoridagi konsullik to‘lovi xalqaro to‘lov tizimlari portali orqali amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda quyidagi summa evaziga ko‘chmas mulk sotib olish evaziga mamlakatda yashash huquqi beriladi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют