» » O‘zbekistonda farmatsevtika korxonalari imtiyoz va preferensiyalarga ega bo‘ladi

O‘zbekistonda farmatsevtika korxonalari imtiyoz va preferensiyalarga ega bo‘ladi


O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga keng turdagi imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etish rejalashtirilmoqda, deb yozadi UzDaily Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlar portaliga joylangan qarori loyihasiga tayanib.

“Respublikada farmatsevtika sanoatini tezkorlik bilan rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasiga ko‘ra, dori vositalari, tibbiy maqsaddagi buyumlar va mahsulot ishlab chiqarishdagi yordamchi materiallarni chiqarishga ixtisoslashgan tashkilotlarni 2021-yil 1-yanvarigacha respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik uskunalar, materiallar, butlovchi qismlar va zaxira qismlar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etish rejalashtirilmoqda.

Hujjat, shuningdek, ushbu sohada faoliyat olib boruvchi kichik korxonalarga 2017-yil 1-apreldan ishchilarning o‘rtacha bir yillik sonini soliq klassifikatsiyasini o‘zgartirmasdan turib, 200 kishigacha ko‘paytirish imkoniyatini taqdim etadi.

O‘zbekiston Markaziy bankiga vakolatli tijorat banklari bilan birgalikda tegishli ariza berilganidan keyingi 90 kalendar kuni ichida import xomashyosi va yordamchi materiallarni sotib olish uchun mablag‘lar konvertatsiyasini amalga oshirish tavsiya etiladi.

Опубликовано: admin (13-03-2017, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют