» » Tohirjon Rapiqov Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi

Tohirjon Rapiqov Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi


Tohirjon Rapiqov Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

T. Rapiqov 1974-yilda Chust tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1996-yilda Chust tumani agroxizmat uyushmasi mutaxassisligidan boshlagan. 1997—2000-yillarda tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi yetakchi va bosh mutaxassisi, 2000—2005 yillarda statistika bo‘limi bosh mutaxassisi va boshlig‘i, 2005—2007-yillarda tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

2007—2009 yillarda Namangan viloyati hokimligining axborot-tahlil guruhi rahbari, 2009—2016-yillarda Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan.

Tohirjon Rapiqov 2016-yildan hozirgacha Mingbuloq tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют