» » Ukraina Rossiyaning 294 ta kompaniyasi va 848 nafar fuqarosiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi

Ukraina Rossiyaning 294 ta kompaniyasi va 848 nafar fuqarosiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi


Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiyaga qarshi qo‘shimcha shaxsiy sanksiyalarni kuchga kiritish to‘g‘risida Ukrainaning Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi qarorini qabul qildi, deya xabar beradi “ForumDaily”.

Tegishli farmon davlat rahbarining veb-saytida e’lon qilingan.

Milliy Xavfsizlik va Mudofaa kengashi Rossiyada va boshqa ba’zi mamlakatlarda Ukrainaga qarshi agressiv harakatlarga ko‘maklashgan yoki ularga yordam bergan shaxslar, jumladan, kompaniyalar, siyosatchilar, ishbilarmonlar va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan shaxslar ro‘yxatini tasdiqladi.

Sanksiyalar uch yil muddatga Kerch bo‘g‘ozi bo‘ylab ko‘prik qurilishida, Ukraina harbiy kemalarini qo‘lga olishda ishtirok etgan 294 nafar yuridik va 848 nafar jismoniy shasxlarga nisbatan joriy etilgan.

Shuningdek ro‘yxatda Qrim, Donesk va Lugansk xalq respublikalari hududida referendum va soxta saylovlarni tashkil etgan va qo‘llab-quvvatlagan, Ukraina qonunchiligini buzgan, Ukrainaga qarshi nashr etilgan materiallarni tarqatgan, noqonuniy ravishda Ukrainaga tegishli muzey eksponatlarini qo‘lga kiritgan va foydalanayotgan shaxs va tashkilotlar kirgan.

Ukraina sanksiyalari jumladan, Janubiy Osetiya va Abxaziya yashovchi Gruziya fuqarolari, 2018-yilning noyabr oyida Lugansk va Donesk xalq respublikalarida saylovda kuzatuvchi sifatida ishlagan Gretsiya, Ispaniya, Avstriya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya, Braziliya va Germaniya fuqarolariga nisbatan joriy etilgan. Ularga qarshi sanksiyalar, xususan, aktivlarni muzlatishdan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют