» » Le Pen Fransiyada turk siyosatchilarining miting o‘tkazishiga qarshi fikr bildirdi

Le Pen Fransiyada turk siyosatchilarining miting o‘tkazishiga qarshi fikr bildirdi


“Milliy front” fransuz partiyasi yetakchisi va Fransiya prezidentlik lavozimiga nomzod Marin Le Pen mamlakat hududida turk siyosatchilarining chiqish qilishiga qarshi fikr bildirdi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Nega biz boshqa demokratik mamlakatlar bosh tortgan hodisa bizning yerimizda yuz berishiga yo‘l qo‘yishimiz kerak? Turk saylov kampaniyasining Fransiyada amalga oshirilishiga qarshiman”, — deb yozadi Le Pen.

Avvalroq Fransiya prezidentligiga nomzod Emmanuel Makron Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar o‘z hududida turk siyosatchilarining chiqish qilishiga taqiqqa nisbatan yagona pozitsiyaga amal qilishi lozimligini ma’lum qilgan edi.

12-mart, yakshanba kuni Fransiya hukumati Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li ishtirokida miting o‘tkazishga ruxsat berganligi ma’lum bo‘ldi. Uchrashuv Mets shahrida bo‘lib o‘tdi va unda mingga yaqin odam to‘plandi.

Опубликовано: admin (13-03-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют