» » Qoraqalpog‘istonning Qanliko‘l tumani hokimi tayinlandi

Qoraqalpog‘istonning Qanliko‘l tumani hokimi tayinlandi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Dao‘let Toliboyev Qanliko‘l tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ushbu masala Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari ellik uchinchi sessiyasida ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi.

Ushbu masala bo‘yicha deputatlar va tuman faollari so‘zga chiqib, uning nomzodini qo‘llab-quvvatladi.

Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Yerniyazov ishtirok etdi va tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari bo‘yicha nutq so‘zladi.

Ma’lumot o‘rnida, Dao‘let Toliboyev 1983-yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. 2007-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют