» » Balx viloyati delegatsiyasi Surxondaryodagi Navro‘z saylida ishtirok etdi

Balx viloyati delegatsiyasi Surxondaryodagi Navro‘z saylida ishtirok etdi


Balx viloyati gubernatorining o‘rinbosari Shujouddin Shujo boshchiligidagi Afg‘oniston delegatsiyasi Surxondaryo viloyatiga keldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Afg‘oniston delegatsiyasi va u bilan birga kelgan Mozori-Sharif shahrida joylashgan Eron, Hindiston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston konsullik muassasalari rahbarlari Navro‘zga bag‘ishlangan xalq saylida ishtirok etdi.

Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Afg‘oniston delegatsiyasi rahbari Shujouddin Shujo bayram tadbirlarida ishtirok etishga taklif etgani uchun O‘zbekiston tomoniga samimiy minnatdorlik izhor etdi va Balx viloyati gubernatori Is’hoq Rahguzarning qutlov va tabriklarini yetkazdi.

O‘zbekistonning Mozori-Sharif shahridagi konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Termiz shahridagi uchrashuvda ikki mamlakat chegara hududlarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ham muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют