» » Farg‘ona viloyati Quva tumaniga yangi hokim tayinlandi

Farg‘ona viloyati Quva tumaniga yangi hokim tayinlandi


20-mart kuni Farg‘ona viloyat Quva tumani hokimligida navbatdan tashqari sessiya o‘tkazildi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi, deb yozadi O‘zA.

Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Kurbanov Ravshan Xaydaraliyevich Quva tumani hokimi etib tayinlandi.

R.Kurbanov bundan oldin O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi paxtachilik va texnika ekinlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi G‘o‘za urug‘chiligi respublika markazi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Ushbu masala bo‘yicha deputatlar va tuman faollari so‘zga chiqib, uning nomzodini qo‘llab-quvvatladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют