» » Yevro—2020. Xorvatiya Ozarbayjonni bazo‘r yutdi, Belgiya esa Rossiyani taslim qildi (video)

Yevro—2020. Xorvatiya Ozarbayjonni bazo‘r yutdi, Belgiya esa Rossiyani taslim qildi (video)


21-mart, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining saralash bosqichi doirasida guruhlarda 1-tur uchrashuvlariga start berildi.

2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Jahon Chempionati finalchisi Zlatko Dalich qo‘l ostidagi Xorvatiya terma jamoasi o‘z maydonida Ozarbayjon termasini qabul qildi.

Bellashuv davomida ozarbayjonlik futbolchining 19-daqiqada kiritgan goliga xorvatiyaliklar Borna Barishich (44) hamda Andrey Kramarichning (79) gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa Xorvatiya terma jamoasi o‘z uyida kechgan bahsda Ozarbayjonni 2:1 hisobida mag‘lub etdi va dastlabki 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Shu kuni Roberto Martines boshliq Belgiya terma jamoasi Stanislav Cherchesov boshqaruvidagi Rossiya termasiga qarshi maydonga tushdi.

O‘yinning 14-daqiqasida belgiyalik yarim himoyachi Yuri Tilemans hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Tibo Kurtuaning xatosidan unumli foydalangan Denis Cherishev hisobni tenglashtirdi (1:1). 45 va 88-daqiqalarda Eden Azar Rossiya darvozasini ishg‘ol qilib, dublga erishdi (3:1).

Shu tariqa Belgiya terma jamoasi o‘z maydonida Rossiya termasi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi (3:1).

Niderlandiya terma jamoasi bo‘lsa, o‘z uyida Belarus termasini sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvda Memfis Depay (1, 55-daqiqalar), Jorjinio Veynaldum (21) hamda Virjil van Deyk (86) tomonidan kiritilgan gollar niderlandiyaliklarning yirik g‘alabasini ta’minladi (4:0).

Polsha terma jamoasi esa safarda Kshishtof Pyontekning goli evaziga Avstriyani mag‘lub etib, dastlabki uch ochkosini qo‘lga kiritdi.

Yevro—2020

Saralash, 1-tur bahslari

21-mart, payshanba

“C” guruhi

Gollar: 1:0 — 56 Makgini, 2:0 — 75 Devis

Gollar: 1:0 — 1 Depay, 2:0 — 21 Veynaldum, 3:0 — 55, penalti, Depay, 4:0 — 86 Van Deyk

“E” guruhi

Gollar: 0:1 — 19 Sheydayev, 1:1 — 44 Barishich, 2:1 — 79 Kramarich

Gollar: 1:0 — 42 Duda, 2:0 — 85 Rusnak

“G” guruhi

Gol: 0:1 — 69 Pyontek

Gollar: 1:0 — 11 Alioski, 2:0 — 29 Elmas, 2:1 — 87 Isajevs, 3:1 — 90 Elmas

Gollar: 0:1 — 48 Sporar, 1:1 — 55 Zaxavi

“I” guruhi

Gollar: 1:0 — 6 Persux, 2:0 — 10 Vorogovski, 3:0 — 51 Zaynutdinov

Gollar: 1:0 — 19 Sotiriu, 2:0 — 23 Sotiriu, 3:0 — 26 Kousoulos, 4:0 — 31 Efrem, 5:0 — 56 Laifis

Gollar: 1:0 — 14 Tilemans, 1:1 — 16 Cherishev, 2:1 — 45, penalti, Azar, 3:1 — 88 Azar

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют